Slovakiya Bosh vaziri rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitso 8-10-iyun kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtadi, Oʻzbekiston-Slovakiya koʻp qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Ustuvor yoʻnalishlar — savdo, investitsiya va innovatsiyalar, qishloq xoʻjaligi, sanoat, energetika, turizm sohalarida sheriklikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi. Tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi, madaniy-gumanitar va taʼlim sohalaridagi hamkorlik masalalari koʻrib chiqiladi. Xalqaro ahamiyatga molik masalalar, jumladan, koʻp tomonlama maydonlarda oʻzaro qoʻllab-quvvatlash yuzasidan fikr almashiladi.
Yetakchilarning uchrashuvi yakunida Oʻzbekiston bilan Slovakiya oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar imzolanishi koʻzda tutilgan.
ashrif doirasida Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring