Sirdaryoda yana bir IES tamal toshi qo‘yildi

15:06 17 Noyabr 2021 Jamiyat
1161 0

Foto: “Xalq so‘zi”

Sirdaryo viloyati Xovos tumanida loyiha qiymati 150 million dollarga teng, 220 megavatt quvvatga ega bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi qurilishi boshlandi. Turkiyaning “Cengiz Enerji” kompaniyasi tomonidan bunyod etiladigan IES qurilishini 2022 yilning avgust oyiga qadar tugatish rejalashtirilgan. Mutaxassislarning fikricha, ishlab chiqaradigan elektr energiyasi milliy energotizimga ulanadigan ushbu IESning yonilg‘i sarfi turdosh korxonalarnikiga nisbatan deyarli ikki baravar kam bo‘lishi alohida ahamiyatga molik.

Yangi IES qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida  Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev va “Cengiz Enerji” kompaniyasi bosh direktori Axmet Jengiz  ishtirok etdi.

Maʼlumot uchun aytish o‘rinliki, ayni paytda Boyovut tumanida ham  yana bir yirik  bug‘-gaz elektr stansiyasi  qurilmoqda. Shuningdek, viloyatda Markaziy Osiyodagi eng ulkan  energiya korxonasi – Sirdaryo IES hamda tarixiy Farhod GESi ham yuqori quvvatda ishlab turibdi.

                                                 

 Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?