Sirdaryoda yiliga kamida 2 ming gektar sholi maydoni tomchilatib sugʻorishga oʻtkaziladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Sirdaryo viloyatida 287 ming gektar suvli, 16,5 ming gektar yaylov va oʻrmon yerlari bor.
Joriy yil Mirzaobod, Xovos va Sardobadagi 16 ming gektar choʻl yerlar foydalanishga kiritilib, yarmiga yangi texnologiya asosida paxta ekilgani uchun gektaridan 60 sentnergacha hosil olindi.
Xitoylik investorlar 50 million dollar hisobiga Boyovut, Guliston, Oqoltin, Xovos va Sirdaryo tumanidagi 30-40-yildan beri hech narsa ekilmagan yana 12 ming gektar tashlandiq yerni tomchilab sugʻorish orqali foydalanishga kiritishni boshlab yubordi. Kelasi yil bu yerlarda paxta yetishtirilib, kamida 60 ming tonna hosil olinadi.
Buning natijasida shuncha gektar kam hosilli paxta va gʻalla dalasini qisqartirilib, oʻrnida ozuqa ekinlarini joylashtirishga ruxsat beriladi.
Xitoyning Shimoliy-gʻarbiy agrar universiteti, Yanlin yuqori texnologiyalar zonasi bilan hamkorlikda Sirdaryoda qishloq xoʻjaligi urugʻchiligi boʻyicha ilmiy-innovatsion markaz ishini yoʻlga qoʻyish topshirildi.
Sirdaryo viloyatida joriy yil 10 ming gektarda asosiy ekin sifatida sholi yetishtirilib, 53 ming tonna hosil olindi.
Bu yaxshi koʻrsatkich boʻlsada, suvni tejash masalasi ham muhimligi qayd etildi.
Boyovutlik fermer tomchilab sugʻorishni yoʻlga qoʻyib, gʻalladan boʻshagan 23 gektar yerda takroriy ekinga 8 gektarida sholi, yana 15 gektarida esa paxta ekib, gektaridan 5-6 tonna hosil oldi. Eng muhimi, suv sarfi 10 barobar kamaydi.
Shu bois, sholi yetishtiriladigan 8 ta tuman hokimlariga har yili kamida 2 ming gektar sholi maydonini tomchilatib sugʻorishga oʻtkazish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring