Shoirga ehtirom koʻrsatildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Adabiyotni bogʻu boʻstonga qiyoslashadi. Bu bogʻdagi har bir gulu giyohning oʻz boʻyi, koʻrki bor. Ular tarovatidan bahramand koʻngillarda esa ona yurt, Vatanga mehru muhabbat, odamiylik tuygʻusi oʻzgacha boʻy koʻrsatadi. Shu nuqtai nazardan yurtimizning chekka goʻshalarida yashab ijod qilayotgan shoir, yozuvchilarga ham ehtirom koʻrsatilayotgani kishida shukronalik hissini uygʻotadi.

Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida istiqomat qilayotgan pedagog — shoir, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, “Shuhrat” medali sohibi Negmurod Guliyev ana shunday ijodkorlardan. Uning “Bir qadam”, “Yozmasam qoʻymas yurak”, “Shukrona qil” nomli kitoblari sheʼriyat muxlislari nazariga tushgan. Gʻazallari sanʼatkorlar tomonidan qoʻshiq qilingan. Bolalarbop sheʼrlari, xususan, matematika faniga uygʻunlashtirib yuborilgan bitiklari jajji kitobxonlarni oʻylashga, mushohada yuritishga undashi bilan eʼtiborga loyiq.
Shoirning 70 yoshga kirishi munosabati bilan ijodkor tahsil olgan, keyinchalik bir necha yil matematika fani oʻqituvchisi sifatida faoliyat koʻrsatgan 28 – umumiy oʻrta taʼlim maktabida adabiy – maʼrifiy kecha oʻtkazildi. Tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi nomidan soʻz olgan shoirlar Aziz Said, Zikrillo Neʼmat , uyushma viloyat boʻlimi rahbari Shodmon Sulaymon va boshqalar ijodkorni yubiley bilan qutlashdi. Shoirga uyushma raisi, Xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning tabrik xati, uyushma sovgʻasi topshirildi, shuningdek, maktab kutubxonasi uchun kitoblar jamlanmasi tuhfa etildi. Maktab oʻquvchilari tomonidan ijodkor qalamiga mansub sheʼrlar yod aytildi, gʻazallari asosida bastalangan kuy – qoʻshiqlar yangradi.
Xuddi shunday tadbir Buxoro davlat pedagogika institutida ham tashkil etilib, ijodkorga hurmat – ehtirom koʻrsatildi.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring