Shohimardonga borish yanada osonlashdi

17:44 29 Iyul 2024 Jamiyat
420 0

Shohimardonga kirishda joylashgan «Oq-qiya» bojxona punkti endi tunu kun ishlaydi. Bu haqda Bojxona qoʻmitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu yangilik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning 2024-yil 18-iyul kuni Toshkent shahridagi uchrashuvida erishilgan kelishuvlar doirasida amalga oshdi.

2024-yilning 26-iyulidan boshlab Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasining «Fargʻona» chegara bojxona posti hamda Shohimardonga kirish qismida joylashgan «Oq-qiya» bojxona punkti tunu kun ishlash rejimiga oʻtkazildi.

Endilikda Shohimardonga dam olgani borayotgan fuqarolar ushbu bojxona obyektlari orqali istalgan vaqtda harakatlanish imkoniyatiga ega boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?