Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tarixiy tashrifi ikkinchi kunidan fotoreportaj
Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi ikkinchi kuni ham muhim tadbirlarga boy boʻldi.
Tashrif doirasida 19-aprel kuni Prezident Tojikiston Oliy Majlisi Namoyandagon majlisi Raisi Mahmadtoir Zokirzoda bilan uchrashuv oʻtkazdi. Keyingi uchrashuv Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda bilan boʻldi.

Tashrifning asosiy voqealaridan biri Oʻzbekistonning Dushanbe shahridagi elchixonasi yangi binosining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Davlat rahbarlari ramziy tasmani kesib, Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonasi binosini ochib berdilar. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi.
Shundan soʻng Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan birgalikda Dushanbeda tashkil etilgan Oʻzbekiston sanoat mahsulotlari koʻrgazmasiga tashrif buyurdi.

Shu tariqa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga yetdi. Aeroportda davlatimiz rahbarini Prezident Emomali Rahmon kuzatib qoʻydi.
Tadbirlarni yoritishda ishtirok etgan “Xalq soʻzi” muxbiri fotoreportaj tayyorladi.














































Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring