Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga tashrif buyurdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) Boshqaruvchilar kengashining yillik yigʻilishida ishtirok etish uchun 25-sentyabr kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi.
Davlatimiz rahbari yigʻilishning yalpi sessiyasida nutq soʻzlaydi hamda tadbir doirasida bir qator uchrashuvlar oʻtkazadi.
Taʼkidlash joizki, Boshqaruvchilar kengashining toʻqqizinchi yigʻilishi “Barcha uchun barqaror infratuzilma yaratish” mavzusiga bagʻishlangan. Global iqtisodiyot kun tartibidagi dolzarb masalalar koʻrib chiqiladi, Osiyo va dunyoning boshqa mintaqalarida infratuzilmani rivojlantirishning strategik dasturlari va rejalari muhokama etiladi.
Samarqand shahrida oʻtkaziladigan ikki kunlik sammitda 100 dan ortiq mamlakatdan yuqori darajali delegatsiyalar, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari, yetakchi xorijiy kompaniyalarning boshqaruvchilari va nufuzli ekspertlar, jami 2 mingga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.
Oʻzbekiston 2016-yil noyabr oyida OIIBga aʼzo boʻlgan. Soʻnggi yillarda mamlakatimiz bankning eng yirik benefitsiarlaridan biriga aylandi. Amalga oshirilgan va joriy loyihalar portfeli 3 milliard dollardan oshib, “yashil” energetika, yoʻl-transport va kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish, taʼlim va sogʻliqni saqlash, xususiy sektorni qoʻllab-quvvatlash kabi ustuvor yoʻnalishlarni qamrab olgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring