Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi - Prezident Administratsiyasi rahbari Adilbek Kasimaliyevni qabul qildi.

Toshkent investitsiya forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi - Prezident Administratsiyasi rahbari Adilbek Kasimaliyevni qabul qildi.
Suhbat avvalida Adilbek Kasimaliyev davlatimiz rahbariga Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Oʻzbekiston bilan Qirgʻiziston oʻrtasidagi doʻstlik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish masalalari koʻrib chiqildi.
Energetika va transport kommunikatsiyalaridagi yirik mintaqaviy loyihalarni, shu jumladan Qambarota GES-1 va “Xitoy - Qirgʻiziston - Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini jadallashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Joriy yilda oʻtkaziladigan Hukumatlararo komissiya va Hududlar rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishlarini samarali tashkil etish muhimligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring