Shavkat Mirziyoyev Pokistonga joʻnab ketdi

15:17 03 Mart 2022 Siyosat
889 0

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xonning taklifiga binoan 3-mart kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi. Bu haqda Prezident Мatbuot xizmati maʼlum qildi.

2021-yil iyulda Toshkentda boʻlib oʻtgan muzokaralarda ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga koʻtarilgan edi. Bu galgi tashrifda ushbu strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, savdo, investitsiya, sanoat kooperatsiyasi, transport, logistika, infratuzilma va turizma sohalarida amaliy hamkorlikni rivojlantirish choralari muhokama qilinadi. Uchrashuvda, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy maslalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.

Muzokaralar natijasi boʻyicha qoʻshma deklaratsiya va qator hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?