Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasining yangi prezidentini tabrikladi
Foto: Prezident Matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Masʼud Pezeshkiyonni Eron Islom Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi.
Davlatimiz rahbari oʻz maktubida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali va uzoq muddatli sheriklik barcha ustuvor yoʻnalishlarda yanada yuqori bosqichga koʻtarilishiga ishonch bildirdi.
“Biz katta salohiyat va imkoniyatga ega boʻlgan, soʻnggi yillarda jadal rivojlanib borayotgan davlatingiz bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni bundan buyon ham izchil va samarali kengaytirishdan manfaatdormiz”, — deyiladi maktubda.
Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev hamrohligida Shusha shahridagi bunyodkorlik bilan tanishgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring