Shamsiddin Tojiyev Oliy sud sudyasi lavozimidan ozod etildi

Фото: «Kun.uz»
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Shamsiddin Tojiyev boshqa ishga oʻtgani munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqida Sudyalar oliy kengashi xabar berdi.
Bildirilishicha, bugun, 30-aprel kuni Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisi qaroriga asosan Shamsiddin Mamarejabovich Tojiyev Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etilgan.
Oʻz navbatida Sudyalar oliy kengashi qarori bilan Shamsiddin Tojiyev sudyalik vakolat muddati davriga Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tuman sudining raisi lavozimiga tayinlangan. Kengash qarori 2025-yil 1-maydan kuchga kirishi belgilangan.
Maʼlumot uchun, Shamsiddin Tojiyev 2019-yilning oktyabr oyida 10-yil muddatga Oliy sud sudyasi lavozimiga saylangandi.
U 1979-yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan. Millati – oʻzbek. Maʼlumoti – oliy. Mutaxassisligi – huquqshunos. 2001-yilda Toshkent davlat yuridik institutining bakalavr bosqichini, 2003-yilda Toshkent davlat yuridik institutining magistratura bosqichini tugatgan.
Shamsiddin Tojiyev mehnat faoliyatini Oliy sudda maslahatchi lavozimida boshlagan hamda faoliyati davomida Oliy sudning turli lavozimlarida ishlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring