Shayxontohur tumaniga yangi prokuror tayinlandi

12:41 15 Oktyabr 2025 Jamiyat
170 0

Foto: Shayxontohur tumani hokimligi

Akmal Ahmedovich Usmonov Toshkent shahridagi Shayxontohur tumani prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.

Akmal Usmonov 1986-yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan. Toshkent davlat yuridik instituti hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasini tamomlagan. Usmonov mazkur tayinlovga qadar Toshkent shahar prokuraturasida faoliyat yuritib kelgan.

Maʼlumot uchun, bunga qadar Shayxontohur tumani prokurori lavozimida Anvar Oʻrmonov faoliyat yuritgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?