“Sevimli TV” telekanali mualliflik huquqini buzgani uchun javobgarlikka tortildi

17:54 02 Iyul 2025 Jamiyat
438 0

Illyustrativ foto

“Sevimli TV” telekanali mualliflik huquqini buzgani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda Intellektual mulk agentligi xabar qildi.

Adliya vazirligi tomonidan muallif R.Xudoyberdiyevga tegishli musiqiy asarlar “Sevimli TV” telekanali tomonidan bir nechta telenovellalarda ruxsatisiz hamda tegishli shartnoma tuzmagan holda foydalanilgani hamda “Splay” va “You tube” platformalari orqali barchaning eʼtiboriga yetkazilgani aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudining qaroriga koʻra, huquqbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan jarima jazosi tayinlandi.

Taʼkidlash joiz, qonunchilikka muvofiq muallif huquqbuzardan zarar qoplanishi oʻrniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1 000 baravarigacha miqdorda tovon toʻlashini talab qilishi mumkin.

Avvalroq Mualliflik huquqini buzgani uchun xonanda Farrux Xamrayev jarimaga tortilgani haqida xabar qilgandik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер