Serquyosh Oʻzbekiston “yashil” energetikaga pul tikmoqda — Euronews

Foto: Illustrativ foto
Yevropaning eng yirik xalqaro yangiliklar kanali – Euronews veb-sahifasida “Serquyosh Oʻzbekiston «yashil” energetikaga pul tikmoqda» sarlavhali maqola chop etildi.
Unda qayd etilganidek, “Oʻzbekiston 2030-yilgacha 30 foiz elektr energiyasini qayta tiklanadigan manbalardan ishlab chiqarishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Bu oʻrinda quyosh energiyasi muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda quyosh energiyasi sohasidagi yirik loyihalar xalqaro xususiy investorlarni Oʻzbekistonga jalb qilmoqda”.
Maqolada Oʻzbekistonning turli hududlarida yashil energiya sohasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari haqidagi maʼlumotlar oʻz ifodasini topgan.
Fransiyaning Total Eren kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Tutli” quyosh fotoelektrostansiyasi Oʻzbekistondagi ilk quyosh elektr stansiyalaridan biri sifatida taʼkidlangan. Keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, «Samarqanddan yuz kilometr gʻarbda joylashgan ushbu quyosh fotoelektrostansiyasi 2022-yil iyul oyida ishga tushirilgan. Loyihaga yoʻnaltirilgan xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi taxminan 100 million yevroni tashkil etadi. “Bu yerda oʻrnatilgan quyosh panellari har ikki daqiqada oʻz oʻrnini oʻzgartirib turadi. Ular quyosh energiyasini maksimal darajada toʻplash uchun quyosh trayektoriyasi boʻylab harakat qiladi. Total Eren kompaniyasi Oʻzbekistonda quyosh energiyasi bilan bogʻliq loyihalarni koʻproq amalga oshirish maqsadida mamlakatga eng yangi texnologiyalarni olib keldi”, deb yozadi Euronews.
Oʻquvchilar eʼtibori Oʻzbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish boʻyicha hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlarga ham qaratilgan. “Oʻzbekistonda soʻnggi yillardagi islohotlar qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan bogʻliq loyihalarga xalqaro xususiy sarmoyalarni jalb etishga yoʻl ochdi. Davlat «yashil” elektr energiyasi texnologiyalari xaridiga uzoq muddatli kafolatlar beradi. Tenderlar xalqaro tashkilotlar koʻmagida tashkil etiladi.
Jahon banki guruhining aʼzosi boʻlgan Xalqaro moliya korporatsiyasi Oʻzbekistonga qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida davlat-xususiy sherikligidagi (DXSH) loyihalarni tuzishda yordam beradi.
Oʻzbekistonda quyosh yiliga oʻrtacha 330 kun nur taratgani bois bu yerda quyosh energiyasidan foydalanish imkoniyati juda katta. Mamlakat kelgusi yillarda quyosh energiyasidan maksimal darajada foydalanishga intilmoqda», deb xulosa qiladi Euronews.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring