Senatorlar sirdaryolik yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi
Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi Alisher Agzamxodjayev va senator Pokiza Axmedjanova Sirdaryo viloyati Guliston davlat universitetida viloyatning faol yoshlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Tadbirda senatorlar yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari, sifatli taʼlim berish, xorijda oʻqish va malaka oshirish imkoniyatlari, shuningdek, mamlakatimizning xalqaro nufuzi hamda tashqi iqtisodiy aloqalari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot taqdim etildi.
Uchrashuv davomida Senat va Sirdaryo yoshlari oʻrtasidagi muloqotni kengaytirish, yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar, sport, madaniyat va ijod maskanlarini rivojlantirish, xorijiy tillarni chuqur oʻrganish, sunʼiy intellekt va zamonaviy kasblarga yoʻnaltirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar ham muhokama qilindi.
Muloqotda ishtirok etgan yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi hamda oʻz taklif va tashabbuslarini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring