Senator Uychi tumani aholisi bilan ochiq muloqot oʻtkazdi
Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Odiljon Mamatkarimov Namangan viloyati Uychi tumanida boʻlib, mahalla faollari, mahalliy Kengash deputatlari, yoshlar va jamoatchilik vakillari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.
Tadbirda senator Oliy Majlis Senatining oʻn birinchi yalpi majlisida muhokama qilingan qonunlar va qabul qilingan qarorlar mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha maʼlumot berdi.
Xususan, aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiy faollikni qoʻllab-quvvatlash, yoshlarning bandligi va tashabbuslarini ragʻbatlantirish, shuningdek, hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar batafsil tushuntirildi.
Muloqot chogʻida ishtirokchilar tomonidan qishloq yoʻllarini taʼmirlash, ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash, ijtimoiy obyektlar faoliyatini takomillashtirish, tadbirkorlikni kengaytirish va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha taklif va murojaatlar bildirildi.
Senator har bir masala yuzasidan tegishli idora va mutasaddilarga aniq vazifalar yuklab, ularning ijrosini nazoratga oldi.
Tashrif doirasida fuqarolar uchun sayyor qabul ham oʻtkazildi. Unda kelib tushgan murojaatlar oʻrganilib, manzilli tarzda hal etish boʻyicha masʼul tashkilotlarga topshiriqlar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring