Senator MDH Parlamentlararo Assambleyasining Nazorat-byudjet komissiyasining navbatdagi majlisida ishtirok etdi

20:19 12 Mart 2026 Siyosat
142 0

Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi Erkin Gadoyev MDH ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo Assambleyasining Nazorat-byudjet komissiyasi majlisida onlayn shaklda ishtirok etdi.

Uning ishida MDHga aʼzo davlatlar parlamentlari vakillari, ekspertlar va mutaxassislar qatnashdi.

Tadbir doirasida Assambleya faoliyatining moliyaviy taʼminoti bilan bogʻliq qator masalalar muhokama qilindi.

Xususan, 2025-yil uchun moliyaviy majburiyatlarning bajarilishi, Assambleya faoliyatini taʼminlash boʻyicha daromad va xarajatlar smetasining ijrosi hamda 2026-yil uchun moliyaviy koʻrsatkichlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar koʻrib chiqildi.

Shuningdek, Assambleya faoliyatini moliyalashtirish tartibini takomillashtirish, 2026-yilga moʻljallangan ish rejasiga aniqliklar kiritish hamda Nazorat-byudjet komissiyasining 2025-yildagi faoliyati yuzasidan ham fikr almashildi.

Muhokama yakunlari boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?