Senator Xalqaro fanlar akademiyalari assotsiatsiyasining akademigi yuksak unvoniga sazovor boʻldi
Joriy yilning 18-sentyabr kuni Belarus Milliy Fanlar akademiyasi Prezidiumi binosida Xalqaro fanlar akademiyalari assotsiatsiyasining 38-majlisi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda dunyoning 16 ta davlatidan, shu jumladan, Xitoy, Rossiya, Vyetnam, Mongoliya, Ozarbayjon, Chernogoriya, Armaniston, Kuba, Qirgʻiziston, Gruziya, Tojikiston fanlar akademiyalari prezidentlari va rahbarlari, shuningdek, bir guruh oʻzbekistonlik olimlar ishtirok etdi.
Majlis davomida, boʻlib oʻtgan saylov natijalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi aʼzosi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining prezidenti Shavkat Ayupov Xalqaro fanlar akademiyalari assotsiatsiyasining akademigi unvoniga sazovor boʻldi va unga tashkilotning faxriy medali topshirildi.
Shu bilan birga tadbirda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, fan va innovatsiyalar sohasida tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha muhim qarorlar qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring