Senatda aholini ijtimoiy himoya qilishga oid masalalar muhokama qilindi
Joriy yilning 13-noyabr kuni boʻlib oʻtgan Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi majlisida aholini ijtimoiy himoya qilishga oid masalalar muhokama qilindi.
Majlisda Qoʻmita aʼzolari, mahalliy Kengashlarning doimiy komissiyalari raislari, ekspertlar, tegishli vazirlik va idoralar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Majlisda dastlab “Ijtimoiy ish toʻgʻrisida”gi Qonun yuzasidan Qoʻmita xulosasini tasdiqlash masalasi muhokama qilindi.
Muhokama jarayonida Qonun aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgani, unda ijtimoiy ish sohasidagi asosiy tushunchalar aks ettirilgani, ijtimoiy ish sohasining asosiy prinsiplari, ijtimoiy ishni tashkil etish, ijtimoiy ish sohasini tartibga solish, ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam, ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam sohasidagi davlat nazorati, ijtimoiy xodimning huquq va majburiyatlari, ijtimoiy xodim faoliyatining kafolatlari belgilab berilayotgani qayd etildi.
Shu bilan birga, senatorlar tomonidan ushbu Qonunning ayrim normalarini qayta koʻrib chiqish va amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish lozimligi taʼkidlandi.
Xususan, ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamni tugatish boʻyicha ayrim asoslarning amaldagi qonunchilik va xalqaro hujjatlar talablariga zid kelib qolganligi, ijtimoiy ish sohasida ijtimoiy xodimlarning huquqlari belgilanmaganligi, shuningdek, Qonunda aks ettirilishi mumkin boʻlgan qator normalar qonunosti hujjatlariga havola qilinayotganligi taʼkidlandi. Muhokama yakunida Qonunni rad etish toʻgʻrisidagi xulosani Senat Kengashiga kiritish boʻyicha Qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Shundan soʻng senatorlar Sirdaryo viloyatida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida kam taʼminlangan oila sifatida roʻyxatga olingan oilalarga tibbiy xizmat koʻrsatish holatini oʻrganish natijalarini muhokama qilishdi.
Viloyatda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida kam taʼminlangan oila sifatida roʻyxatga olingan oilalar soni 15 885 tani hamda ularning oila aʼzolari 89 150 nafarni tashkil etadi.
Kam taʼminlangan oilalar aʼzolarining 64 836 nafari tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan, ularning 6 996 nafari birinchi marotaba tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi, 18 644 nafari esa muqaddam dispanser nazoratiga olingan. Kasali aniqlangan kam taʼminlangan oila aʼzolarining 7171 nafariga uy sharoitida, 4610 nafariga kunduzgi statsionar sharoitida hamda 8451 nafariga ambulator davolanish boʻyicha tavsiyalar berildi.
Shu bilan birga, senatorlar tomonidan kam taʼminlangan oilalar aʼzolariga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar jarayonini tezkor kuzatib borish imkonini beruvchi Sogʻliqni saqlash vazirligining “Yagona tibbiyot axborot tizimi – DMED” hamda “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi integratsiya qilinmaganligi tanqid qilindi. Shuningdek, oilalardagi bemorlar va nogironligi boʻlgan shaxslarni doimiy kuzatuvga olib, ularga tibbiy xizmatni uyiga borgan holda koʻrsatish va individual patronaj tizimi toʻliq yoʻlga qoʻyilmaganligi, kam taʼminlangan oila aʼzolarining toʻliq tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmaganligi qayd etildi.
Muhokama yakunida oʻrganish davomida aniqlangan muammoli masalalarni hal etishni nazarda tutuvchi Qoʻmita qarori qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring