Senat Raisi Jenevada XMTning mintaqaviy byurosi direktori bilan uchrashdi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Jeneva shahrida Xalqaro mehnat tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻyicha mintaqaviy byurosi direktori Beata Andres bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muloqot chogʻida Oʻzbekistonda mehnat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda XMTning soʻnggi tavsiyalari asosida mehnat qonunchiligini takomillashtirish yoʻnalishida olib borilayotgan ishlar haqida fikr almashildi.
B. Andres davlatimiz tomonidan kambagʻallikni qisqartirish va fuqarolar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish borasidagi qatʼiy siyosatini alohida taʼkidladi.
Shuningdek, Yuriy Shterkning katta koordinator etib tayinlanishi hamda Oʻzbekistonda XMTning mamlakat ofisini ochish tashabbusi uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash yoʻlidagi muhim qadam sifatida eʼtirof etildi.
Suhbat chogʻida 2026–2030-yillarga moʻljallangan Munosib mehnat boʻyicha mamlakat dasturini ishlab chiqish, shuningdek, ish beruvchilar, kasaba uyushmalari va mehnat inspeksiyasi mutaxassislarining malakasini oshirish borasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ham koʻrib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring