Senat Raisi O‘mon Sultonligining O‘zbekistondagi elchisini qabul qildi

05:56 28 May 2024 Siyosat
1534 0

Joriy yilning 27-may kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva O‘mon Sultonligining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vafo Jabr Nosir al-Busaidiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar, o‘zaro savdo aylanmasi ko‘rsatkichi ikki davlatning salohiyatini ifoda etmasligini, tadbirkorlar o‘rtasida qo‘shma biznes loyihalarni faollashtirish lozimligini taʼkidladilar.

Muloqot davomida fan, taʼlim, madaniyat yo‘nalishlaridagi hamkorlik, mamlakatlarning turizm salohiyatidan yana-da kengroq foydalanish bo‘yicha amaliy saʼy-harakatlarni birlashtirish bo‘yicha fikr almashildi.

Suhbat chog‘ida parlamentlararo muloqotni o‘zaro tashriflar orqali faollashtirish, ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari tegishli qo‘mitalari o‘rtasida tajriba almashish va yaqin aloqalarni o‘rnatish muhimligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida diplomat ikki tomonlama munosabatlarni bundan keyin ham yana-da rivojlantirish uchun bor imkoniyat va salohiyatini ishga solishini bildirib o‘tdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер