Senat Raisi AQSH elchisi bilan uchrashdi
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
2022-yil 6-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Amerika Qoʻshma Shtatlarining mamlakatimizda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Favqulodda va Muxtor Elchisi Deniyel Rozenblyumni qabul qildi.
Senat Raisi Deniyel Rozenblyumni “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangani bilan tabrikladi.
Uchrashuv chogʻida ikki tomonlama hamkorlik, shu jumladan, AQSH Kongressi Senati va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat davomida elchining yurtimizdagi faoliyati sermahsul boʻlganligi hamda uning Oʻzbekiston-Amerika strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi alohida eʼtirof etildi.
Oʻz navbatida, D.Rozenblyum diplomatik faoliyatini amalga oshirishda barcha darajada, xususan, parlament bilan samarali hamkorlik uchun oʻz minnatdorchiligini bildirib, bundan keyin ham Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashini aytib oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring