Senat qoʻmitalari va mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari hamkorligi kuchaymoqda

Shu kunlarda Senat qoʻmitalarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari doimiy komissiyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.
Shuningdek, xalq deputatlari Toshkent va Fargʻona viloyatlari hamda Toshkent shahar Kengashlari kotibiyatlari xodimlari Senatning Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazida amaliyot oʻtdi.
Amaliyot davomida deputatlar Senat qoʻmitalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi, shuningdek, mahalliy Kengashlar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga doir masalalarda mahalliy vakillik organlarining ishtirokini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, deputatlarning qonunchilik jarayonida ishtirok etish va hududiy xususiyatlarni hisobga olgan holda qonunlarni shakllantirish boʻyicha malakalari mustahkamlandi.
Senatning Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiya raisi Anvar Tuychiyev boshchiligida oʻtkazilgan uchrashuvda mahalliy Kengashlar va doimiy komissiyalar faoliyatini takomillashtirish, Senat qoʻmitalari va mahalliy hokimiyat vakillik organlari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda ijro hokimiyati ustidan nazorat samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring