“Selectel” provayderi Oʻzbekistonda ish boshladi

14:15 06 May 2020 Iqtisodiyot
1330 0

Rossiyaning IT-ishlanmalari va biznesni raqamlashtirish vositalarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi “Selectel” bulutli provayderi Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini boshladi. Kompaniya tomonidan uch yil ichida 1 million AQSH dollar investitsiya kiritish rejalashtirilgan.

— Biz Oʻzbekistonni ilk tashqi bozor sifatida tanladik, — dedi “Selectel” bosh direktori Oleg Lyubimov. — Chunki mamlakatning iqtisodiy salohiyatini va hukumatning raqamli davlat va iqtisodiyotni rivojlantirishga intilishlarini koʻrib turibmiz. Bulutli texnologiyalar ushbu jarayonning ajralmas qismi hisoblanadi.

“Selectel” infratuzilmasini Toshkent shahridagi maʼlumotlar markaziga joylashtirdi. Bu esa unga oʻrnatilgan xizmatlarning yuqori tezlikda va uzluksiz ishlashini taʼminlaydi.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda Selectel Office ofis dasturlari va koʻp funksiyali SelectelChat messenjeri, yaʼni qulay va samarali ishlarni tashkil qilish uchun biznes-ilova mavjud. Iyul oyiga qadar “Selectel” bulutli platformasi ishga tushiriladi. Bu har qanday murakkablikdagi raqamli mahsulotlar uchun tez va arzon infratuzilmani yaratish imkonini beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?