Samvel Babayan Oʻzbekiston Superligasiga qaytdi
Samvel Babayan “Andijon” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqida klubning rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
“Yangi mavsumda oʻz oldiga ulkan maqsadlarni qoʻyayotgan “Andijon” jamoamiz bosh murabbiy masalasini hal qildi.
Oʻzbek futbolida oʻz oʻrniga ega boʻlgan tajribali mutaxassis Samvel Babayan “Andijon” bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Maʼlumot uchun: Samvel Vyacheslavovich 1971-yilning 19-may sanasida Toshkentda tavallud topgan. Babayan faoliyati davomida “Paxtakor”, “Navbahor”, “Lokomotiv”, “Spartak” (Latviya), “Chanchun Yatay” (Xitoy) kabi klublarni boshqargan. Shuningdek, Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga ham ustozlik qilgan”, — deyiladi, klub matbuot xizmati xabarida.
Maʼlumot uchun, “Andijon” jamoasini bu vaqtga qadar Maksim Shaskixga yordamchi sifatida ishlab kelgan Akmal Shorahmedov boshqarib borayotgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring