Samarqanddagi korxonada 560 million soʻmlik “zangori yoqilgʻi” oʻgʻirlandi

10:13 14 Oktyabr 2025 Jamiyat
171 0

Samarqand viloyatida 560 million soʻmlik tabiiy gazdan oʻgʻrincha foydalangan korxona faoliyati fosh etildi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.

Unda aytilishicha, Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida “Hududgaz Samarqand” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, gaz taʼminoti boʻlimi, Oʻzenergoinspeksiya xodimlari va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Mazkur reyd tadbirlari davomida tumanning “Ishtixon” MFYda joylashgan “Ch. T.” oilaviy korxonasiga qarashli umumiy ovqatlanish maskanida tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, korxona egalari tegishli loyiha-texnik hujjatlariga ega boʻlmagan holda, gaz hisoblash uskunasisiz tarmoqqa yashirin yoʻllar bilan ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani maʼlum boʻlgan.

Hozirda holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 560 million 700 ming soʻm zarar qayta hisob-kitob qilingan. Mazkur ishga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?