Samarqandda yangi universitet ochildi
Foto: Illustrativ foto
“Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–187-son, 31.03.2022-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti negizida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti tashkil etildi.
Universitetda veterinariya, chorvachilik, biotexnologiya, agrotexnologiya, agroiqtisodiyot tarmoqlari uchun oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlanadi.
Qaror bilan tasdiqlangan Universitet Boshqaruv kengashi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar uchun taʼlim davomiyligi muddatlarini belgilaydi.
Universitet Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tizimida faoliyat yuritadi.
Taʼlimning amaliyot bilan uygʻunligini taʼminlash uchun Universitetda Veterinariya klinikasi va kasalliklar diagnostikasi texnoparki tashkil etildi.
Universitetga sohada 5 yillik stajga ega xodimlar tavsiyanoma asosida oʻqishga tavsiya etilganda, toʻlov-kontrakt miqdori kunduzgi taʼlim yoʻnalishidagi toʻlov-kontrakt (stipendiyasiz) miqdoriga tenglashtiriladi.
Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida 2022/2023 oʻquv yilidan “Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi” taʼlim yoʻnalishida kadrlar tayyorlanadi.
Qamashi xizmat koʻrsatish texnikumi negizida Qamashi veterinariya meditsinasi texnikumi tashkil etildi.
2022/2023 oʻquv yilidan veterinariya va biotexnologiya yoʻnalishlari uchun “El-yurt umidi” jamgʻarmasidan har yili alohida kvota ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring