Samarqandda UNWTO Bosh assambleyasining 25-sessiyasini oʻtkazishga doir qaror qabul qilindi
Foto: Illustrativ surat
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Samarqandda BMT Butunjahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasini yuqori darajada oʻtkazishga doir qaror qabul qilindi. Hujjatga koʻra, UNWTO Bosh assambleyasining yubiley 25-sessiyasi 2023-yil 16–20-oktyabr kunlari Samarqand shahrida oʻtkaziladi.
“2023-yilda Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasini yuqori darajada tashkil etish va Shahrisabz shahrining «2024-yil Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti” maqomini olishiga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarorda tadbirni yuqori darajada oʻtkazish uchun kerakli chora-tadbirlar koʻrsatilgan.
Xususan, Bosh assambleya doirasidagi tadbirlarda qatnashadigan chet ellik mehmonlar uchun Samarqand haqidagi umumiy maʼlumotlarga ega maxsus qoʻllanma ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Qolaversa, qarorda “Silk Road Samarkand” xalqaro sayyohlik markazi va madaniy meros obyektlari, turizm, ekoturizm infratuzilmasi hamda xalqimizning hayotini aks ettiruvchi foto va videomateriallar, “Samarqand — Yangi Oʻzbekistonning turizm darvozasi” va boshqa mavzulardagi targʻibot materiallarini tayyorlash hamda keng tarqatish koʻzda tutilgan.
Sessiyada yurtimizning qadimiy shaharlaridan biri – Shahrisabz shahri “2024-yil Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti” maqomi uchun nomzod sifatida taqdim etiladi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston 2021-yilda Ispaniyaning Madrid shahrida boʻlib oʻtgan UNWTO Bosh assambleyasining 24-sessiyasida tashkilotning yubiley 25-yubiley sessiyasiga mezbonlik qilish huquqini qoʻlga kiritgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring