Samarqandda harbiylarning jangovar yurishi boʻlib oʻtdi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Dastlab harbiylar va kuch tuzilmalari xodimlarining jangovar yurishi Islom Karimov xiyobonidan boshlandi va Koʻksaroy maydonigacha davom etdi. Shundan soʻng Koʻksaroy maydonida tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda viloyat hokimligi va Markaziy harbiy okrug masʼullari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar harbiy vatanparvarlik oyligining ahamiyati, sohada xizmat oʻtayotganlar zimmasiga yuklangan masʼuliyat, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida toʻxtalib oʻtildi. Sohaga qaratilayotgan eʼtibor natijasida armiyamiz salohiyati yil sayin ortib borayotganligi taʼkidlandi.

Tadbir doirasida harbiy qurol-aslahalar koʻrgazmasi tashkil etildi. Unda yoshlar jangovar texnika va qurollar bilan yaqindan tanishib, harbiylarning sharafli vazifalariga oid qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻlishdi. Shuningdek, harbiylarning saf va qoʻl jangi boʻyicha sahnalashtirilgan mashgʻulotlari ham namoyish qilindi.

Viloyat musiqali drama teatri ijodkorlarining badiiy chiqishlari tadbirga yanada koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.





Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring