Samarqandda fuqaroni 50 ming dollar evaziga AQSHga yubormoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

14:17 31 May 2024 Jamiyat
164 0

Foto: Videodan kadr

Samarqandda AQSH vizasini olib berish evaziga fuqarodan 50 ming dollar talab qilgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

Manbaga koʻra, Samarqand viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan noqonuniy migratsiyaning oldini olish, firibgarlarning qonunga xilof harakatlariga chek qoʻyish yuzasidan tezkor tadbir oʻtkazilayotgan.

Unda fuqaro I.S. mahalliy fuqaro Sh.M.ga oʻzining tanishlari orqali AQSHga kirish vizasi tayyorlab berishi va u yerda yaxshi ish oʻrinlari bilan taʼminlashni vaʼda qilib, buning evaziga 50 ming AQSH dollari soʻragan.

Fuqaro I.S. 45 ming 600 AQSH dollari miqdoridagi pulni firibgarlik yoʻli bilan olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Mazkur holat yuzasidan I.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?