Samarqandda foydali qazilmani oʻzboshimchalik bilan qazib olgan shaxslarga jinoyat ishi ochildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida “J.Q.” MCHJ masʼul shaxslari “Ilonsoy-1” qum konidan ajratilgan hududidan tashqarida maxsus texnikalar yordamida 11,2 ming m3 noruda foydali qazilma hisoblangan tabiiy qum xom ashyosini oʻzboshimchalik bilan qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 2,8 milliard soʻm miqdoridagi zarar yetkazgani aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilish) va 229-moddasi (oʻzboshimchalik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring