Samarqandda ayol chaqalogʻini hojatxona chiqindi qutisiga tashlab ketdi
Samarqand viloyati Payariq tumanida ayol chaqalogʻini dunyoga keltirib, tugʻuruqxona hojatxonasining chiqindi qutisiga tashlab ketdi. Maʼlumotlarga koʻra, holat 2025-yilning 27-dekabr kuni Payariq tumanidagi tugʻruqxonada sodir boʻlgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda Yangi yil bayrami arafasida Payariq tumani tugʻuruq boʻlimiga murojaat qilgan ayol shifokorlardan homilasini tushirish boʻyicha yordam soʻragani, biroq ulardan qoniqarli javob ololmagach, farzandini tugʻuruqxona yonida dunyoga keltirib, hojatxona chiqindisiga tashlab ketgani bayon etilgan.
Chaqaloq topilgach, uning nafas olmayotgani va oʻlik holda ekani maʼlum boʻlgan. Ayolning qilmishi esa kuzatuv kameralari orqali aniqlangan.
Samarqand viloyat IIBga koʻra, ayni paytda ish boʻyicha ekspertiza tayinlangan. Qayd etilishicha, bolaning tirik tugʻilgani yoki homila nobud boʻlib keyin dunyoga kelgani ekspertiza xulosasiga koʻra maʼlum boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring