Samarqandda Agroinspeksiya xodimi pora bilan qoʻlga tushdi

12:18 13 Oktyabr 2025 Jamiyat
183 0

Foto: DXX

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Samarqand viloyati boshqarmasining yetakchi mutaxassisi pora bilan ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Samarqand tumanidagi fermer xoʻjalikda oʻtkazilgan oʻrganish jarayonida xoʻjalikning 50 sotix yer maydonini ijaraga olib foydalanayotgan fuqaro tomonidan yerning unumdorligiga zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Shundan soʻng, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Samarqand viloyati boshqarmasining yetakchi mutaxassisi unga nisbatan chora koʻrmaslik evaziga 3 ming AQSH dollari talab qilib, muqaddam 500 dollar olgan.

DXX hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda yetakchi mutaxassis qolgan 2,5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?