Samarqandda 4 ming 218 dona qalbaki alkogol savdosiga chek qoʻyildi

17:42 10 Sentyabr 2025 Jamiyat
161 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida “G.A.” MCHJ masʼul shaxslari Samarqand tumani, “Parrandachilik” MFY hududidagi savdo doʻkonida sifatini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan umumiy bahosi 134,7 million soʻmlik turli nomdagi 4 ming 218 dona alkogol hamda 1 ming 720 quti tamaki mahsulotlarini sotuvga qoʻyganligi aniqlangan.

Ushbu alkogol va tamaki mahsulotlari tezkor tadbir xodimlari tomonidan ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?