Samarqandda 2 728 nafar ishsiz aliment toʻlovchining bandligi taʼminlandi
Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi organlari tomonidan oʻtgan 2025-yilda aliment oluvchilar manfaatlarini taʼminlash maqsadida 2,2 milliard soʻm naqd pul mablagʻlari oldindan toʻlov sifatida undirilishi taʼminlandi. Shuningdek, 135 nafar undiruvchiga Aliment toʻlovlari jamgʻarmasi hisobidan 1 milliard 446 million soʻmga yaqin mablagʻ toʻlab berildi.
Mahalla “yettiliklari” bilan hamkorlikda olib borilgan profilaktik suhbatlar va koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida 6798 ta oila yarashtirilib, oilalar tiklanishiga erishildi.
Bundan tashqari, mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirlar doirasida 2728 nafar ishsiz aliment toʻlovchi ishga joylashtirilib, ularning doimiy bandligi taʼminlandi.
Shu bilan birga, qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligini taʼminlash maqsadida aliment toʻlashdan qasddan boʻyin tovlab kelgan 995 nafar shaxs Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 474-moddasiga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Shuningdek, 137 nafar shaxs Jinoyat kodeksining 122-moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortildi.
Amalga oshirilgan mazkur chora-tadbirlar aliment undirish tizimi samaradorligini oshirish, oilalar barqarorligini taʼminlash va fuqarolarning qonuniy huquq hamda manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilmoqda.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring