Samarqand shaxmat boʻyicha III “Womenʼs Chess Championship” xalqaro turniriga mezbonlik qilmoqda

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oʻtkazilayotgan va umumiy sovrin jamgʻarmasi 50 ming AQSH dollari boʻlgan “Womenʼs Chess Championship” xalqaro turnirida 13 davlatdan 150 nafar jahon shaxmatining ayol ustalari ishtirok etmoqda.
Musobaqa ochilishida soʻz olgan Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisi oʻrinbosari Komil Sindorov, viloyat hokimining oʻrinbosarlari Rustam Qobilov va Husan Toʻxtayev turnir ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladi. Mazkur turnir 2026-yil mamlakatimizda, jumladan, Samarqandda boʻlib oʻtadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga tayyorgarlik koʻrish, ayol(qiz)lar shaxmatini rivojlantirish, milliy terma jamoa aʼzolarining mahoratini oshirish hamda xorijlik mahoratli shaxmatchilar bilan oʻzaro tajriba almashish imkonini berishi taʼkidlandi.
Musobaqada oʻzbekistonlik reytingi yuqori shaxmatchilardan Umida Omonova, Barchinoy Shokirjonova, Afruza Hamdamova, Marjona Malikova hamda Nodira Nodirjonova gʻoliblikka asosiy daʼvogar sifatida yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.
Bahslar FIDE qoidalari asosida ayol(qiz)lar oʻrtasida ikki guruhda — “A” guruhida 1800 va undan yuqori reytingli ishtirokchilar, “B” guruhida reytingi 2000 va undan past boʻlgan shaxmatchilar qatnashmoqda.
Musobaqa nizomiga koʻra, turnir shveysar tizim standart yoʻnalishida 9 turda oʻtkaziladi. Har bir ishtirokchiga 90 daqiqadan vaqt beriladi va birinchi yurishdan boshlab har bir yurishga 30 soniyadan vaqt qoʻshib boriladi. 30 yurishgacha durangga kelishish mumkin emas. Turga maksimal kechikish vaqti 15 daqiqa. Ketma-ket ikki turga kelmagan ishtirokchilar musobaqadan chetlatiladi.
Turnir 19-martga qadar davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring