Samarqanddagi 8 ta ziyoratgoh faoliyatini qayta boshlamoqda
“Xalq so`zi ONLINE”
Ayni paytda qadimiy qadamjolar faoliyatini karantin qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda yoʻlga qoʻyish maqsadida kirish-chiqish joylariga pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “toʻshak”lar oʻrnatilmoqda.
Mazkur ishlar toʻliq amalga oshirilgach, 11-iyun kunidan Samarqand viloyatidagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyati filiali tasarrufidagi quyidagi ziyoratgohlar va qadamjolar ish faoliyatini boshlaydi.
Unga koʻra, Samarqand shahridagi Xoʻja Doniyor, Imom Moturidiy, Xoʻja Abdu Darun, Hazrati Xizr, Murod Avliyo ziyoratgohi, Shohi Zinda yodgorlik majmuasi, Ruhobod maqbarasi, Xoʻja Isʼhoqi Valiy masjid-ziyoratgohi, shuningdek, Samarqand tumanidagi Xoʻja Ahror Valiy, Xoʻja Abdu Berun, Oqdaryo tumanidagi Mahdumi Aʼzam, Jomboy tumanidagi Shayx Xudoydod Vali va Bulungʻur tumanidagi Xoʻja Hofiz Merosiy ziyoratgohlari qayta boshlashiga ruxsat berilmoqda.
Nurobod tumanidagi Hazrati Dovud ziyoratgohi esa viloyat Turizmni rivojlantirish departamenti bilan kelishilgan holda ochilishi koʻzda tutilgan.
Eslatib oʻtamiz, Payariq tumanidagi Imom Buxoriy majmuasi hamda Urgut tumanidagi Chor Chinor ziyoratgohi “qizil” hududda joylashgani bois, ularning vaqtinchalik faoliyat olib borishiga ruxsat etilmaydi.
Abdulaziz Yoʻldoshev
(“Xalq soʻzi”)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring