“Samarqand noni” geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi
Adliya vaziri Akbar Toshqulov Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevga “Samarqand noni” geografik koʻrsatkich hujjatini topshirdi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Adliya vazirligi geografik koʻrsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi.
“Samarqand viloyat adliya boshqarmasi va «Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining koʻmagi bilan joriy yilning 4-fevral kuni dunyoga mashhur “Samarqand noni” geografik koʻrsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi», — deyiladi xabarda.
Taʼkidlash joiz, “Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra, tovarni muayyan geografik obyekt hududidan kelib chiqqan mahsulot sifatida identifikatsiyalovchi belgi geografik koʻrsatkich deb eʼtirof etiladi. Bunda tovarning sifati, nom qozonganligi yoki boshqa xususiyatlari uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada bogʻliq boʻladi.
Bundan avvalroq “Gʻijduvon shashlik” geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Toshkentda diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida XІX xalqaro mini-futbol turniri tashkil etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring