Samarqand xalqaro aeroportida “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi
Foto: Arxiv surat
Mamlakatimiz turizm salohiyatini oshirish, yangi barpo etilgan Samarqand xalqaro aeroporti imkoniyatlaridan toʻlaqonli foydalanish hamda aviatashuvlar bozorida raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida, 2022-yil 1-oktyabrdan Samarqand xalqaro aeroportida “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi.
“Ochiq osmon” rejimi Samarqand xalqaro aeroportining texnik imkoniyatlarini inobatga olgan holda xalqaro huquq meʼyorlariga muvofiq xorijiy aviakompaniyalar uchun reyslar va yoʻnalishlar boʻyicha cheklovlarning bekor qilinishini anglatadi.
Endilikda xorijiy aviakompaniyalar havo qatnovi toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimning mavjud yoki mavjud emasligidan qatʼi nazar Samarqand xalqaro aeroportiga aviaqatnovlarni amalga oshira oladi.
Joriy yilning 1-oktyabr sanasidan Samarqand xalqaro aeroportida yangi tartibning joriy etilganligi toʻgʻrisida chet el aviatsiya maʼmuriyatlari oʻrnatilgan tartibda xabardor etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring