“Saylgoh” ko‘chasida kitob sayli

2018 yilning 24-25 may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida “Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish – buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir” shiori ostida Respublika “Kitob bayrami” o‘tkaziladi. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan bir qator vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda uyushtirilayotgan ushbu madaniy-ma’rifiy tadbir Prezidentimizning 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilganligi bilan alohida ahamiyatga ega.
Tadbirda respublika nashriyotlari tomonidan kitob mahsulotlari ko‘rgazmalari tashkil etiladi. Shuningdek, “Namunali kitob do‘koni” tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash, mushoiralar, adabiy uchrashuvlar, shaxmat va shashka musobaqalari ham uyushtiriladi. Bayram kunlari teatrlar va turli bolalar guruhlarining “Kitobsevarlarni qutlaymiz!” nomli chiqishlari, “Eng yaxshi kitobxon oila”, “Eng yaxshi kitobxon”, “Yosh kitobxon” kabi sovrinli viktorinalar va “Kitob o‘qishni yoqtirasizmi?” mavzuida ijtimoiy so‘rovlar ham bayram shukuhini yanada oshiradi. “Eng faol ishtirokchi” hamda “Eng yaxshi stend” nominatsiyalaridagi tanlovlar esa kitob chop etuvchi nashriyot uylari, noshirlarni rag‘batlantirishga xizmat qilishi shubhasiz.
Poytaxtimiz markazidagi “Saylgoh”da xalq sayli tarzida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda adabiy-badiiy, ijtimoiy-siyosiy hamda ensiklopedik yo‘nalishdagi kitoblar taqdimotlari, ijodiy uchrashuv-muloqotlari, mushoiralar va suhbatlar, sovrinli intellektual viktorinalar, shuningdek, “Kitobsevarlarni qutlaymiz!” nomli konsert dasturlari o‘rin olgan.
Mavjuda XOLMATOVA.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring