Said Atamboyev: “Otamning salomatligi yomonlashgan…”
Arxiv surat
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning oʻgʻli Said otasining salomatligi keskin yomonlashganini maʼlum qildi.
“Otamning qon bosimi judayam past. Shifokorlarning aytishlaricha, bu istalgan vaqtda insult yoki infarktga olib kelishi mumin“, — deb yozdi u Facebook sahifasida.
Said Atamboyevning maʼlum qilishicha, sobiq prezidentning qon bosimi koʻrsatkichi oxirgi marta 76 ga 60 boʻlgan.
Qirgʻiziston maxsus xizmatlari 7-8-avgust kunlari Atamboyevning uyi joylashgan Qoʻy-Tosh qishlogʻida uni qoʻlga olish boʻyicha amaliyot oʻtkazgandi. Bunda maxsus xizmatlar xodimlari Atamboyevning tarafdorlariga qarshi maxsus vositalar qoʻllashgan. Sobiq prezidentning tarafdorlari esa bunga javoban oʻt ochishgan. Atamboyev tarafdorlari, shuningdek, 6 jangchini garovga olishgandi.
Natijada bir kunga yaqin davom etgan toʻqnashuvlardan keyin Atamboyev taslim boʻlishga qaror qilgan. Voqea vaqtida 136 kishi jabrlangan, bir jangchi halok boʻlgan.
Ayni vaqtda Atamboyev bir nechta ayblovlar boʻyicha hibsda ushlab turilibdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring