Ruslan Nurudinov yangi jahon rekordini o‘rnatdi
"Hasan PAYDO"
“Yunusobod sport majmuasi”da og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatining erkaklar o‘rtasida -109 kg vazn toifasidagi bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Quvonarlisi, unda hamyurtlarimiz Ruslan Nurudinov oltin, Akbar Jo‘rayev kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Taʼkidlash joiz, dast ko‘tarish mashqida xitoylik Yang Chje yurtdoshlarimizga jiddiy raqobat ko‘rsatdi. Xitoylik polvon ushbu mashqda 200 kg toshni bo‘y sundirib, yangi jahon rekordiga mualliflik qildi. Bu mashqda Jo‘rayev 194 kg, Nurudinov 188 kg natija qayd etishdi.


Siltab ko‘tarish mashqida oltin medal uchun ikki vakilimiz o‘zaro raqobat olib borishdi. Yakunda Ruslan Nurudinov 241 kg bilan Osiyo chempionligini qo‘lga kiritish qatori yangi jahon rekordini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Kumush medal Akbar Jo‘rayevga, bronza medali esa xitoylik Yang Chjega nasib etdi.

Og‘ir atletika, Osiyo chempionati
Erkaklar, -109 kg:
1. Ruslan Nurudinov (O‘zbekiston) – 429 (188 + 241) kg
2. Akbar Jo‘rayev (O‘zbekiston) – 428 (194 + 234) kg
3. Yang Chje (Xitoy) – 415 (200 + 215)

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring