Rossiyalik vlogerlar oʻzbek milliy taomlarini dunyoga tanitmoqda
 
                Arxiv surat
“Summerdays” YouTube kanali yurituvchilari rossiyalik vlogerlar Denis va Tanya Andijonga sayohat qilishdi. Denis va Tanya gastronomik turizm boʻyicha vlog yuritib, oʻz obunachilarini oʻzbek oshxonasining oʻziga xos xususiyatlari bilan tanishtirib borishadi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar berdi.
Denis va Tanya Andijon shahriga kelgan kunidayoq mashhur “andijoncha choyxona palovi”ning tayyorlanish jarayonini suratga oldi va oʻz kanalida joylashtirdi. Ushbu videolavha allaqachon 186 ming martadan ortiq tomosha qilindi.
Viloyatga kelganlariga toʻrt kun boʻlgan vlogerlar bugungacha Izboskan tumanidagi xonadonlardan birida shavla tayyorlanish, Andijon tumanidagi xonadonlardan birida “uy oshi” tayyorlanish, Shahrixon shahridagi pichoqchi hunarmandlarning milliy pichoq tayyorlash jarayonlari haqidagi videolavhalarni oʻzlarining YouTube kanallariga joylashtirishdi. Videolavhalar 540 ming martadan ortiq tomosha qilindi. Denis va Tanya shuningdek Andijon shahrining diqqatga sazovor maskanlari bilan tanishish va ular haqida ham koʻrsatuv tayyorlashni ham rejalashtirgan. Maʼlumot uchun: Denis va Tanyaning “Summerdays” YouTube kanali obunachilari soni 171 ming nafardan ziyod boʻlib, kanalga joylangan videoroliklar 40 million martadan ortiq tomosha qilingan.
Bu ularning Oʻzbekistonga birinchi kelishlari emas. Ular avvalroq Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlarida ham boʻlib, oʻz obunachilarini mazkur viloyatlarning oʻziga xos taomlarini tayyorlash jarayoni bilan tanishtirishgan. Shunisi diqqatga sazovorki, ushbu YouTube kanalining obunachilari turli mamlakatlardan boʻlib, ular oʻz izohlarida tez orada Oʻzbekistonga sayohat qilish niyatida ekanliklarini bildirishmoqda.
“Taʼtilni Yevropadagi davlatlardan birida oʻtkazmoqchi edim, fikrimdan qaytdim. Yozgi taʼtilni, albatta, Oʻzbekistonda oʻtkazaman”, — deb yozadi obunachilardan biri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
 
                 
        
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring