Rossiyadagi ayanchli YTHda ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi

Foto: KP.ru
Joriy yilning 14-aprel kuni Rossiya Federatsiyasining Astraxan viloyatida ikki yengil avtomobil toʻqnashuvi oqibatida ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Bildirilishicha, sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida vafot etgan oʻzbekistonlik (er-xotin)ning 2013-yilda tugʻilgan farzandi (oʻgʻil bola) B.R. ham yengil tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
Koʻrsatilgan tibbiy yordam tufayli sogʻligʻi tiklangandan soʻng, uni Oʻzbekistonga qaytarish va yaqin qarindoshlari qaramogʻiga topshirish masalasi oʻrganilgan. Xususan, bolaning yaqin qarindoshlari fojiadan xabar topgach, yetib kelib vaqtincha vasiylikni rasmiylashtirish jarayonini boshlagan. Biroq B.R.ni Rossiya Federatsiyasidan olib chiqish uchun hujjatlar yetarli emas edi.
Mazkur masala yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belova Oʻzbekiston Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaga murojaat yoʻllagan.
Oʻzbekiston Bolalar ombudsmani va Ichki ishlar vazirligining tezkor hamkorlik choralari natijasida Oʻzbekistonning Rostov-na-Donu shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Astraxan viloyati Ijtimoiy rivojlanish va mehnat vazirligi tomonidan zaruriy amaliy yordam koʻrsatilib, bolaga va uning qarindoshiga qisqa fursatda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan va uning Vatanga qaytishi taʼminlangan.
“Hozirda bola Oʻzbekistonga olib kelinib, qarindoshlari (onasining singlisi) qaramogʻiga topshirildi”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan bolaga rasman vasiylik va unga zarur boʻlgan ijtimoiy-psixologik choralari koʻriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring