Rossiyada qiyin vaziyatda qolgan ayol va uning farzandlari Oʻzbekistonga qaytarildi

Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi koʻmagida Rossiyaning Primorsk oʻlkasida qiyin moliyaviy ahvolda qolgan vatandoshimiz J.D. va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari Vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, ayol sharʼiy nikohdagi turmush oʻrtogʻi bilan 2019-yilda ishlash maqsadida Primorsk oʻlkasiga borgan. J.D. bir necha yillar davomida farrosh boʻlib ishlagan. Turmush oʻrtogʻi Rossiya hududida boʻlish hujjatlarini vaqtida rasmiylashtirmagani uchun joriy fevral oyida sud hukmi bilan Oʻzbekistonga deportatsiya qilingan.
Shu bois ushbu oila qiyin vaziyatda qolgan va ijaradagi uydan haydalgan. Bosh konsulxonaga qilingan murojaatdan soʻng, Vladivostok shahridagi oʻzbek diasporal tashkiloti vakillari, faol vatandoshlar koʻmagida fuqaro hamda uning bolalari turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlandi.
26-fevral kuni esa “Uzbekistan airways” AJning Vladivostok—Toshkent yoʻnalishidagi samolyotga chipta sotib olib berildi va Oʻzbekistonga qaytarildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring