Rossiyada ogʻir vaziyatda qolgan bolalar yurtimizga qaytarildi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Rossiyadan 3 nafar bola Oʻzbekistonga olib kelingani haqida xabar berdi.
Unga koʻra, 11-fevral kuni, Moskvadagi vaqtinchalik saqlash markazi xodimlari hamda Ichki ishlar vazirligi koʻmagida uch nafar oʻzbekistonlik boʻlgan voyaga yetmagan bolalar Vatanga qaytarildi.
Ushbu bolalardan biri onasi bilan, ikkinchisi esa ota-onasining ishonchnomasi asosida buvisi bilan, uchinchisi ham ishonchnoma asosida opalari bilan birga mehnat muhojiri sifatida Rossiyaga borgan.
Bolalarning yaqin qarindoshlari mamlakat hududida boʻlib turish qoidalarini buzganligi sababli deportatsiya qilingan, bolalar esa Moskva shahridagi Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi, hududiy “Inson” markazlari xodimlari, ijtimoiy xodim va psixologlardan iborat ishchi guruh tomonidan bolalarning vataniga qaytishini taʼminlash va ularni ota-onalariga topshirish uchun barcha zarur ijtimoiy yordam koʻrsatish ishlari amalga oshirildi.
Taʼkidlanishicha, xorijda ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalarni qaytarish va ularga ijtimoiy yordam koʻrsatish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring