Rossiyada chet ellik talabalarning ishlashiga ruxsat beriladi

15:19 11 Fevral 2020 Jamiyat
1166 0

Foto: www.google.com

Rossiya Prezidenti chet ellik talabalarning ishga joylashishini soddalashtiruvchi qonunni imzoladi.

Ushbu qonun Rossiya universitetlarida kunduzgi taʼlim yoʻnalishidagi chet ellik talabalar uchun tegishli ruxsatnoma olmasdan ishlash imkonini beradi.

Hozirgi vaqtda Rossiyadagi chet ellik talabalar faqat taʼtil paytida hamda boʻsh vaqtlarida ushbu taʼlim muassasalari hamda boshqa turli tashkilotlarda ishlash yoki xizmat koʻrsatish huquqiga ega.

Bundan tashqari, chet ellik talabalar hujjatlarning qisqartirilgan roʻyxati boʻyicha va ushbu ruxsatnomani olish uchun kvotalarni hisobga olmasdan berilgan ruxsatnoma asosida ish topishi mumkin. Shuningdek, ish beruvchilar va buyurtmachilar chet ellik talabalarni jalb qilish va ulardan foydalanish uchun ruxsatnomaga ega boʻlish majburiyatidan ozod qilingan.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab 180 kundan keyin kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер