Rossiya 45 nafar oʻzbekistonlik migrantni deportatsiya qiladi

Illyustrativ foto
Moskva yaqinidagi Pushkino shahrida “Ozon” omborida oʻtkazilgan reyddan soʻng 120 nafar noqonuniy migrant Rossiyadan chiqarib yuboriladi. Ularning 45 nafari oʻzbekistonlik, deb xabar bermoqda “Царьград”.
Qayd etilishicha, politsiya joriy yilning 11-iyul kuni hujjatlarni tekshirish uchun bozor omboriga borganda 120 nafar ishchi Rossiyada noqonuniy boʻlib turgani maʼlum boʻlgan.
Aniqlanishicha, migrantlarning 45 nafar Oʻzbekiston fuqarolari boʻlib chiqqan, 29 nafari Tojikistondan, qolganlari esa Ozarboyjon, Jazoir, Angola, Benin, Gambiya, Gvineya, Zambiya, Hindiston, Kamerun, Kongo, Marokash va Siyerra-Leonedan kelgan.
Qoʻlga olingan migrantlar xorij fuqarolari uchun vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Ulardan 32 nafari allaqachon Rossiyadan chiqarib yuborilgani aytilmoqda.
Qoʻshimcha qilinishicha, holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 322-moddasi (Noqonuniy migratsiyani tashkil etish) bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring