Ronaldu faoliyatidagi 945-golini urdi

Kecha, 20-sentyabr kuni Saudiya Arabistoni Professional ligasi musobaqasining 3-tur oʻyinlari start oldi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Al-Nasr” klubi oʻz maydonida “Al-Riyod” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuv 5:1 hisobiga mezbonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvda “Al-Nasr” klubi tomonidan kiritilgan gollarga Krishtianu Ronaldu (2 ta), Joau Feliks (2 ta) va Kingsli Koman mualliflik qildi.
“Al-Riyod”ning yagona javob goli esa jamoaning senegallik hujumchisi Mamadu Silla hisobiga yozildi.
Uchrashuvdan soʻng, “Sofascore” portali “Al-Nasr” futbolchilari Koman va Feliksning harakatlarini 10 ballga baholadi. Krishtianu Ronalduga esa 8,5 baho qoʻyildi.
Maʼlumot uchun, “Al-Nasr” ayni paytda 9 ochko bilan chempionat jadvalida yetakchi boʻlib turibdi. Jamoa oʻzi bilan teng ochko toʻplagan “Al-Ittihod” klubidan toʻplar nisbatiga koʻra, oldinda bormoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring