Ronaldu endi Portugaliya termasidagi asosiy figura emas — “Relevo”

20:05 17 Iyun 2024 Sport
902 0

Portugaliyalik 39 yoshli futbolchi Krishtianu Ronaldu endilikda mamlakat terma jamoasining teginib boʻlmas oʻyinchisi hisoblanmaydi. Bu haqdaRelevonashri maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines va 39 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu oʻzaro kelishib olgan. Endi Ronaldu boshlangʻich tarkibda maydonga tushgan oʻyinlarda bosh murabbiy Roberto Martines istalgan payt (vaziyatga qarab) hujumchini zaxiraga olishi mumkin.

Aytish joiz, 2022-yili Qatarda boʻlgan jahon chempionatida murabbiylar shtabi Krishtianu Ronaldu oʻrniga Gonsalu Ramushdan foydalangani shov-shuv boʻlgan edi.

Manbaga koʻra, Yevropa chempionati Ronaldu faoliyatidagi oxirgi katta turnir boʻlmaydi, futbolchi 2026-yili boʻladigan Jahon chempionatida ham ishtirok etishga qaror qilgan.

Portugaliya milliy termasi safida 2003-yildan beri toʻp tepayotgan forvard futbol tarixida terma jamoalar miqyosida eng koʻp oʻyinda qatnashib, raqiblar darvozasini eng koʻp ishgʻol qilgan futbolchi hisoblanadi. Uning hisobida xalqaro miqyosda 207 ta oʻyin, 130 ta gol va 46 ta assist bor.

Shuningdek, Ronaldu 2016-yili sardorlik qilgan jamoa Fransiyadagi musobaqada gʻolib chiqqan holda qitʼa chempionligini qoʻlga kiritgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?